O’tkazmangizni yetkazib bo’lmadi. Buning sabablari har xil bo’lishi mumkin:
- Oluvchining moliyaviy tashkiloti o’tkazmani rad etdi.
- Qabul qilish limiti oshib ketdi.
- Texnik nosozlik o’tkazmani yetkazib berishga to’sqinlik qildi.
Siz, oluvchining pul o’tkazmalarini qabul qila olishiga ishonch hosil qilib, mablag’larni qayta yuborishga urinib ko’rishingiz mumkin. Yoki boshqa yetkazib berish usuli yordamida pul o’tkazmasini amalga oshirishingiz mumkin.
Biz to’lovni ortga yubordik va pulingiz bir necha daqiqadan so’ng sizga qaytib kelishi kerak. Biroq, kamdan-kam hollarda, pulning qaytib kelishi uchun 3 ish kunigacha vaqt ketishi mumkin.
Ish kuni nima?
Ish kunlari - bu odatda dushanbadan jumagacha bo’lgan banklar ish uchun ochiq bo’lgan kunlar. O’tkazmani amalga oshirayotganda, shanba, yakshanba va bayram kunlari ish kuni hisoblanmasligini yodda tuting.