Agar Paysend hisobingizdagi telefon raqamini o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, hisob turiga qarab, buni o‘zingiz bir necha qadamda amalga oshirishingiz mumkin.
Telefon raqamingizni o‘zgartirish uchun:
- Paysend hisobingizga kiring.
- "Profil" bo‘limini oching.
- "Shaxsiy ma'lumot"ga o‘ting.
- Yuoqri o‘ng burchakda yoki hozirgi telefon raqamingiz yonida joylashgan ruchka (qalam) ikonkasini bosing.
- Yangi telefon raqamingizni kiriting.
- SMS orqali yuborilgan kodni kiritib, o‘zgarishni tasdiqlang.
"Shaxsiy ma'lumot" sahifasida ruchka (qalam) ikonkasini ko‘rmaysizmi? Bu sizning hisob turingizda telefon raqamini qo‘lda o‘zgartirish imkoniyati yo‘qligini anglatishi mumkin. Bizning Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xodimlarimiz sizga o‘zgarishda yordam berishga tayyor — iltimos, ilova ichidagi chat orqali yoki help@paysend.com elektron pochta manzili orqali bog‘laning!
Yangi raqamingiz quyidagilarga mos bo‘lishi kerak:
- eski raqamingiz bilan bir xil mamlakatga tegishli bo‘lishi
- avval boshqa Paysend hisobiga bog‘lanmagan bo‘lishi kerak.
Har bir telefon raqami faqat bitta Paysend hisobiga bog‘lanishi mumkin.
Telefon raqamini o‘zgartirish uchun qanday ma’lumotlar kerak?
Bizning qo‘llab-quvvatlash xodimlarimiz Paysenddagi telefon raqamingizni o‘zgartirish uchun quyidagi ma’lumotlarni so‘raydi:
- mamlakat kodi bilan eski raqamingiz
- mamlakat kodi bilan yangi raqamingiz
- shaxsiy guvohnomangizni ushlab turgan holdagi o‘zingizning selfie suratingiz.
Eski telefon raqamimni unutdim
Agar Paysend xizmatidan uzoq vaqt foydalanmagan bo‘lsangiz va raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, lekin ro‘yxatdan o‘tgan paytingizdagi raqamingizni eslay olmasangiz, xavotir olmang!
Faqatgina qo‘llab-quvvatlash jamoamizga murojaat qiling va hisobingiz haqidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim eting (masalan, elektron pochta manzilingiz yoki ilgari amalga oshirgan o‘tkazmalaringizdan birining raqami), biz sizga yordam beramiz.
Ushbu karta boshqa hisobga bog‘langan
Agar ilgari boshqa hisobda ishlatilgan kartani qo‘shishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, xavfsizlik sababli bunday ruxsat berilmasligi mumkin va shu xato xabarini ko‘rishingiz mumkin.
Agar yaqinda telefon raqamingizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz, bu siz ikkinchi Paysend hisobini yaratganingizni anglatishi mumkin.
Faqatgina qo‘llab-quvvatlash jamoamizga murojaat qiling, eski va yangi raqamlaringizni aniq ko‘rsating, biz buni hal qilamiz!