Ushbu xizmatdan faqat Gvatemalada ro‘yxatdan o‘tgan Paysend mijozlari foydalanishi mumkin.
Gvatemalada joylashgan istalgan 5B bankomatidan Paysend kartangizdan naqd pul yechib olishingiz mumkin.
Pulni yechib olish uchun shaxsingizni tasdiqlashingiz, buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz va ayrim shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etishingiz kerak.
Pulni naqd olishga tayyorlash uchun:
- Paysend hisobingizga kiring.
- Bosh sahifada '+/-' tugmasini bosing va 'Pulni yechib olish'ni tanlang.
- 'Pulni olish opsiyasini qoʻshing' tugmasini bosing va '5B ATM Naqt Pul Pickup'ni tanlang.
- Yechib olinadigan summani kiriting.
- Agar shaxsingizni hali tasdiqlamagan bo‘lsangiz, tasdiqlash uchun ma’lumot taqdim etishingiz so‘raladi.
- Yechib olishni parolingiz bilan tasdiqlang.
Pulni yechib olish uchun sizga xavfsizlik kodi ko‘rsatilgan SMS keladi. Shuningdek, tranzaksiyalar sahifasida 'Pulni qanday olish kerak' tugmasini bosib, ushbu kodni ko‘rishingiz mumkin.
Bankomatda pulni olish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- 'Kartasiz pul yechib olish'ni bosing.
- 'Tashkilotlar'ni, keyin esa 'Paysend'ni tanlang (yoki Paysend tashkilot kodini kiriting).
- Telefon raqamingiz va xavfsizlik kodini kiriting.
- Paysend’da kiritgan summangizni aynan kiriting va naqd pulni oling.