Kutilayotgan karta to‘lovi – avtorizatsiyadan o‘tgan, ammo hali yakunlanmagan karta to‘lovidir. To‘lovlar odatda ularni amalga oshirishingiz bilan tasdiqlanadi va foydalanish mumkin bo‘lgan balansingiz kamayganini ko‘rasiz.
Aksariyat to‘lovlar 1-3 ish kuni ichida yakunlanadi, ammo bu ko‘proq vaqt olishi mumkin. “Oldindan avtorizatsiya” sifatida amalga oshirilgan to‘lovlar (masalan, mehmonxonaga joylashishda yoki avtomobil ijarasi xizmatidan foydalanganda) sotuvchiga sizdan to‘lov undirish uchun ko‘proq vaqt berish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun ularni yakunlash ba’zan 31 kungacha vaqt olishi mumkin.