Invayt kodini do'stlar bilan qanday qilib ulashish kerak?
- Paysend akkauntingizga kiring.
- "Profil" bo'limiga o'ting va "Do'stlarni taklif qilish" sahifasini oching.
- Referal havolani yoki invayt kodini ko'chiring va do'stlaringiz bilan ulashing.
Invayt kodi yoki referal havoladan qanday foydalanish kerak?
Agar siz hali Paysendda ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, lekin do'stingiz siz bilan referal havolani ulashgan bo'lsa:
- Paysendda ro'yxatdan o'tish uchun havolani bosing.
- Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tganingizda invayt kodi avtomatik ravishda qo'llanilishi kerak.
- Ishlatilgan invayt kodi sizga birinchi pul o'tkazmasini bepul amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Agar siz Paysendda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin hali hech qanday o'tkazma yubormagan bo'lsangiz, do'stingizning invayt kodidan foydalangan holda birinchi pul o'tkazmangizni bepul amalga oshirishingiz mumkin.
E'tibor bering: invayt kodi faqat birinchi o'tkazma uchun ishlatilishi mumkin.